Google Pixel Tag tez orada Yevropada sotuvga chiqishi mumkin
Insayder dastlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining aksariyatini chetlab oʻtgan Googleʼning brend trekeri sotiladigan hududlar tez orada kengayishi haqida xabar berdi.

Google Yevropa mamlakatlarida Pixel Tag sotuvini boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda insayder Roland Kvandt Bluesky ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, qurilma mahalliy bozorda «ancha tez orada» paydo boʻladi, biroq ishga tushirishning aniq muddati hozircha nomaʼlum. Dastlabki chiqarilishida treker sakkizta mamlakatda, jumladan AQSh, Kanada, Avstraliya, Hindiston va Yaponiyada sotuvga chiqdi. Buyuk Britaniya ham roʻyxatga kirdi, biroq Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari undan tashqarida qoldi.
Pixel Tag Android qurilmalari bilan mos keladigan Android Find Hub tarmogʻida ishlaydi. Bu tarmoq yoʻqolgan buyumlarning joylashuvini kuzatish imkonini beradi. Yevropadagi sotuvlarning kengayishi ushbu mintaqada trekerni toʻliq qoʻllab-quvvatlash borasidagi noaniqlikni ham bartaraf etishi kerak. Hozircha Google Yevropada sotuvlar boshlanadigan sanani rasman eʼlon qilmagan.



