Google Pixel Tag sharhi: sodda va samarali
Google Android smartfonlari uchun Find Hub orqali qidiriladigan, unutilgan buyumlar haqida xabar beruvchi va keraksiz kuzatuvdan himoyalovchi Pixel Tag trekerini 30 dollarga chiqardi.

Qurilma Find Hub ilovasi orqali kalitlar, sumkalar va boshqa buyumlarni topishga yordam beradi. Unga oila aʼzolarini ulash, buyum ortda qolsa xabarnoma olish, yoʻqolganida esa trekerdan ovoz chiqarish yoki yaqin atrofni qidirish rejimidan foydalanish mumkin.
Pixel Tag IP67 standarti boʻyicha chang va suvdan himoyalangan, CR2032 batareyasini esa almashtirish mumkin. Google bir dona batareya bilan bir yilgacha ishlashini aytmoqda. Korpusda halqa uchun ichki teshik yoʻq, shu sabab ayrim buyumlarga mahkamlash uchun alohida gʻilof kerak boʻladi.
Sinovlarda qidiruv odatda qurilmaning taxminiy joyini tez aniqlashga yordam berdi, biroq devorlar va mebellar ekrandagi strelkalarning toʻgʻri yoʻnalishni koʻrsatishiga baʼzan xalaqit berdi. Ultrakeng polosali aloqa qoʻllab-quvvatlanadigan smartfonlarda aniqroq qidiruv mavjud. Shu bilan birga, boshqa odamning telefoni telefon egasini yaqin atrofdagi treker haqida ogohlantirishi mumkin, harakatlanayotgan mashinada esa joylashuvni yangilash ataylab sekinroq amalga oshiriladi. Pixel Tag trekeri topib olgan kishiga telefon raqami, xabar va elektron pochta manzilini qoldirish imkonini ham beradi.



