Google va Gentle Monster aqlli koʻzoynaklari sotuv boshlanishidan bir necha kun oldin sotilib ketdi
Gemini qoʻllab-quvvatloviga ega Intelligent Eyewear kolleksiyasi hali oldindan buyurtma berish bosqichidayoq toʻliq sotildi, qurilmalarning rasmiy savdosi esa faqat 10-dekabrda boshlanadi.

Ushbu liniya oʻtgan hafta Google kompaniyasining Gentle Monster va Warby Parker brendlari bilan hamkorligi doirasida taqdim etildi. Koʻzoynaklarning boshlangʻich narxi 395 dollarni tashkil qildi. Gentle Monster kolleksiyadagi barcha modellar uchun buyurtma qabul qilishni allaqachon toʻxtatgan, Warby Parkerʼda esa assortimentning katta qismi hozircha mavjud.
Shu bilan birga, Warby Parkerʼning ayrim variantlarini yetkazib berish muddatlari allaqachon uzaygan. Masalan, Reid ramkasining keng modeli 28-dekabrdan oldin joʻnatilmasligi aytilmoqda.
Google oldindan buyurtma berish uchun nechta qurilma mavjud boʻlganini oshkor qilmadi. Shu sababli hozircha talabning haqiqiy koʻlamini baholash va tezkor sotuv cheklangan dastlabki zaxira bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini istisno qilishning iloji yoʻq.



