Steamʼda 2026 yilning eng yaxshi oʻyinlari uchun ovoz berish boshlandi
Valve 23 noyabr kuni Steamʼda 2026 yilning eng yaxshi oʻyinlari uchun ovoz berishni boshladi. Foydalanuvchilar soʻnggi 12 oyda Steam platformasida chiqqan loyihalarni tanlaydi.

Ovoz berish 17 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 21:00 gacha davom etadi. Birinchi bosqichdan soʻng har bir nominatsiyada finalchilar roʻyxati tuziladi, undan foydalanuvchilar bitta oʻyinni tanlashlari kerak boʻladi. Gʻoliblar Steam qishki chegirmalari yakunlangach, 4 yanvar kuni eʼlon qilinadi.
Bu yil mukofotda yangi — «Shon-sharaf zali» nominatsiyasi paydo boʻldi. Unda soʻnggi 10 yilning eng yaxshi loyihalari orasidan eng yaxshi oʻyin tanlanadi. Boshqa nominatsiyalar qatorida «Yil oʻyini», «Virtual reallikdagi yil oʻyini», «Sevimli farzand», «Eng yaxshi portativ oʻyin» va «Yana besh daqiqa» bor.
Roʻyxatga, shuningdek, «Soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi», «Endi bu mening ishim», «Doʻst oʻyinda bilinadi», «Ajoyib vizual uslub», «Siz uddalay olmaydigan eng yaxshi oʻyin», «Eng yaxshi saundtrek», «Ajoyib syujetli eng yaxshi oʻyin» va «Qulayroq joylashing» nominatsiyalari ham kiritilgan.



