RUUZEN
Ilm-fan

Xitoylik olimlar sochni qayta oʻstiradigan elektr taroq yaratdi

Xitoydagi Beyhan universiteti olimlari androgenetik alopesiyani davolash uchun Detangle tarogʻini yaratdi.

14-noyabr, 16:59По-русски

Read in English

Bu gormonlarning soch follikulalariga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan keng tarqalgan soch toʻkilishi shaklidir. Taroqning kuchsiz elektr impulslari davolovchi moddalarni bevosita follikulalarga yetkazadi. Qurilma sichqonlarda sinovdan oʻtkazildi: 28 kun ichida tuklar terining ishlov berilgan qismiga deyarli toʻliq qayta oʻsdi. Minoksidil esa shu vaqt ichida taxminan 70 foiz maydonda natija berdi. Tadqiqot Nature Communications jurnalida eʼlon qilindi.

Tashqi koʻrinishidan Detangle oddiy taroqqa oʻxshaydi, biroq uning tishlari turli uzunlikda boʻlib, elektrodlar bilan jihozlangan. Tishlarning ayrimlarida soch oʻsishini ragʻbatlantiradigan moddalar solingan kichik rezervuarlar bor. Soch taralganda tishlar terini biroz koʻtaradi, elektrodlar esa kuchsiz impulslar yuboradi. Elektr maydoni chuqurroq kirib, davolovchi molekulalarning follikula hujayralariga yetib borishiga yordam beradi.

Olimlar soch toʻkilishining turli sabablariga taʼsir qiladigan ikki moddadan foydalangan. Birinchisi follikulalar atrofida yangi qon tomirlari oʻsishiga yordam beradi va ularning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ikkinchisi digidrotestosteron ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Ushbu gormon taʼsirida follikulalar kichrayadi, sochlar esa asta-sekin ingichkalashadi.