GTA 6 Metacriticʼda 99 ball va 100 foiz ijobiy sharh oldi
Dastlabki sharhlar eʼlon qilingach, GTA 6 Metacriticʼda 99 ball oldi — barcha sharhlar ijobiy boʻldi. PS5 va Xbox Series X|S uchun reliz 19-noyabrga rejalangan.

Tanqidchilar Leonidaning ochiq dunyosi, Jeyson va Lusiyaning hikoyasi, tafsilotlarga eʼtibor hamda yangilangan oʻyin mexanikalarini yuqori baholadi. Koʻpchilik yangi qismni Rockstar Gamesʼning eng yaxshi oʻyini deb atab, uni Red Dead Redemption 2 bilan taqqosladi.
OpenCriticʼdagi baholar ham ijobiy manzarani toʻldiradi: oʻyin 99 ball va barcha tanqidchilarning tavsiyasini oldi. Shu bilan birga, sharhlarda cheklovlar va texnik kamchiliklar qayd etilgan. Konsollarda soniyasiga 60 kadr rejimi yoʻq, kadrlar tezligi esa 30 kadr bilan cheklangan. Shuningdek, soddalashtirilgan qoʻl jangi, bir xildagi QTE-sahnalar, PS5’dagi unumdorlik pasayishi va hikoya surʼatining notekisligi tilga olingan.
Ayrim sharhlovchilar asosiy missiyalar dizayn jihatidan konservativ ekanini, ular orasidagi safarlar esa juda uzoq davom etishini aytdi. Nemis tilidagi nashrlar, bundan tashqari, nemischa ovozli tarjima yoʻqligini qayd etdi. Shunga qaramay, nashrlarning aksariyati oʻyinga eng yuqori bahoni berib, uni Rockstarʼning eʼtiborga molik yutugʻi deb atadi.



