Ubisoft moliyaviy natijalar fonida 166 xodimini qisqartiradi
Ubisoft 2027-moliya yilining II choragida €388,9 mln daromad oldi, prognozdan oshdi va 166 xodimini qisqartirishga qaror qildi. Motherbrain AI boʻlinmasi ishga tushirilishi ham tasdiqlandi.

Ubisoftning choraklik daromadi oʻtgan yilgidan qariyb 21 foiz past boʻldi, ammo €370 mlnlik kutilmadan yuqori chiqdi. Kompaniya nisbatan kuchli natijani Assassinʼs Creed Black Flag Resynced bilan bogʻlamoqda: oʻyin koʻrsatkichlari janrdagi eng muvaffaqiyatli remeyklar koʻrsatkichlariga teng.
Moliya yilining birinchi yarmida Ubisoft daromadi yillik hisobda oshdi, biroq sof tushum kamaydi, operatsion zararlar esa koʻpaydi. Nashriyotchi yil yakunida sof tushum oʻtgan yilgi natijaga nisbatan 7–9 foizga kamayishini kutmoqda. Shuningdek, tashkiliy va operatsion qayta qurish uzoq muddatda samara berishiga umid qilmoqda.
Qisqartirishlar Ubisoft Montreal va Ubisoft Quebecga taʼsir qiladi. Kompaniya bu qarorni resurslarni amaldagi ishlab chiqarish ustuvorliklari va biznes vazifalariga moslashtirish zarurati bilan izohladi.
Ubisoft, shuningdek, kelajakdagi oʻyinlarga generativ sunʼiy intellektni joriy etish bilan shugʻullanadigan Motherbrain tuzilmasini ishga tushirishni tasdiqladi. Unga kompaniya faxriysi Xavyer Manzanares rahbarlik qiladi.



