RUUZEN
Avto

Sanrivatti V10 dvigateli va haydovchining noodatiy joylashuviga ega ONE giperkari bilan tanishtirdi

Niderlandiyalik ishlab chiqaruvchi quvvati 800 ot kuchiga teng, haydovchi deyarli mototsikldagidek joylashadigan bir oʻrindiqli giperkarga tayyorgarlik koʻrmoqda.

15-noyabr, 13:21По-русски

Read in English

Niderlandiyaning Sanrivatti kompaniyasi oʻzining ilk giperkari — ONE modelining rasmiy suratlarini taqdim etdi. Avtomobil hajmi 5,5 litr boʻlgan, Judd Engines kompaniyasining atmosferali V10 dvigateli bilan jihozlanadi. Dvigatelning quvvati 800 ot kuchiga teng boʻladi, avtomobil esa 330 km/soatgacha tezlikka erisha oladi. Modelni bozorga chiqarish dastlab 2030 yilga rejalashtirilgan.

Yangilikning asosiy jihati salonning noodatiy tuzilishi boʻladi. Haydovchi markazda, oldinga egilgan holda, MotoGP poygachisiga oʻxshash tarzda joylashadi. Bunday konstruksiya keng koʻrish maydoni va boshqaruvdan oʻziga xos taassurotlarni taʼminlashi kerak. Oʻtirish joyini har bir egasiga alohida moslashtirish rejalashtirilgan, bunda gavda va boʻyinni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.

Giperkarning dizayni dunyodagi eng tez uchadigan qush — sapsandan ilhomlangan. Modelning boshqa xususiyatlari qatorida magniy qotishmasidan tayyorlangan gʻildiraklar, katta antikrylo va yirik orqa diffuzor bor. Ishlab chiqaruvchi avtomobilning quruq massasini taxminan 1100 kg darajasida ushlab turishni rejalashtirmoqda.

Hozir Sanrivatti ONE muhandislik ishlari va sinovlardan oʻtmoqda. Avtomobilning narxi hozircha eʼlon qilinmagan.