RUUZEN
Oʻyinlar

Games Farm ikki kishilik kooperativ rejimga ega Conan: The Black Pyramid oʻyinini anons qildi

Games Farm Robert Govard qahramonlari — Konan, Solomon Keyn va boshqa personajlar haqidagi ekshn-roguelike Conan: The Black Pyramid oʻyinini anons qildi. Windows PC uchun Steamʼdagi reliz 2027-yilga rejalashtirilgan.

12-noyabr, 11:00По-русски

Read in English

Oʻyin voqealari makon va vaqt qoidalariga boʻysunmaydigan, har bir yangi oʻtishda oʻzgarib turadigan labirint — Qora piramida ichida kechadi. Oʻyinchilar qahramonlarni vaqtlar osha kim chaqirgani va nima maqsadda bunday qilganini aniqlashlari kerak boʻladi.

Sarguzashtda Konan bilan birga Robert Govard yaratgan personajlar — Solomon Keyn va Qorongʻu Agnes ham qatnashadi. Yana ikki qahramon hozircha oshkor etilmagan. Oʻyinda yaqin masofadagi jang, qilichbozlik, sehr va otishma boʻladi. Uni yakka tartibda yoki ikki oʻyinchiga moʻljallangan kooperativ rejimda oʻtish mumkin.

Games Farm loyihani roguelike formatidagi action-RPG sifatida taʼriflamoqda. Windows PC versiyasi Steamʼda taqdim etiladi va oʻyinni allaqachon istaklar roʻyxatiga qoʻshish mumkin. Konsol nashrlari kompyuter versiyasi chiqqanidan keyin kutilmoqda.

Games Farm bosh direktori Piter Nad jamoa Govard asarlari olamini oʻyinga ehtiyotkorlik bilan koʻchirmoqchi ekanini aytdi. Conan litsenziyasini taqdim etuvchi Heroic Signatures prezidenti Markos Kronander esa loyihada gʻayritabiiy dahshatlar, borliqni oʻzgartiruvchi sehr va boshqa olamlardan kelgan qadimiy mavjudotlar alohida oʻrin tutishini taʼkidladi.