«123456» yana dunyodagi eng mashhur parol boʻldi
Parol NordPass reytingida sakkiz yil ichida yettinchi marta birinchi oʻrinni egalladi; uchlikka «admin» va «12345678» ham kirdi.
20-noyabr, 14:48По-русски

Shutterstock AI
NordPass reytingi foydalanuvchilar hanuz oddiy kombinatsiyalarni tez-tez tanlashini koʻrsatdi. Eng koʻp tarqalgan parollar oʻntaligidan «1234» qisqa raqamli varianti ham joy oldi.
Bunday parollarni tajovuzkorlar osonroq topishi mumkin, bu esa shaxsiy maʼlumotlarga kirish xavfini oshiradi. Mutaxassislar aniq ketma-ketliklar va soʻzlardan foydalanmaslikni, har bir xizmat uchun turli parollar yaratishni hamda imkon qadar ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishni tavsiya qiladi.



