RUUZEN
Gadjetlar

Yangi avlod iPhone ikki avlod alyuminiydan soʻng titanga qaytadi

Xitoylik insayderga koʻra, Apple titan romli va korpusi yumaloqroq iPhone 20 Proʻni tayyorlamoqda. Model 2027-yil sentabrida taqdim etilishi kutilmoqda.

19-noyabr, 12:19По-русски

Read in English

ixbt.com

Insayder iPhone 20 Proʻning dastlabki muhandislik prototipini allaqachon koʻrganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, smartfon yumaloqroq shakllarga ega boʻlib, Air modelini eslatuvchi dizayn olgan.

Avvalroq manba Airʼdan ilhomlangan rom iPhone 20 qatorining barcha modellarida boʻlishini aytgandi. Airʼning oʻzi titan karkasga ega.

Apple iPhone 17 Pro va 17 Pro Maxʼda alyuminiydan foydalangan, keyin esa bu materialni iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarida ham saqlab qolgan. iPhone 20 Pro taqdimoti 2027-yil sentabrida — Appleʼning birinchi smartfoni yaratilganiga 20 yil toʻlishi munosabati bilan boʻlishi kutilmoqda.