Nothing ekran va ilovalarsiz sunʼiy intellekt qurilmasini tayyorlamoqda
Kompaniyaning sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan ilk mahsuloti dekabrda chiqishi kerak.

Nothing yangi sunʼiy intellekt qurilmasini ishlab chiqarmoqda, biroq hozircha uning nima uchun moʻljallanganini oshkor qilmayapti. Startap rahbari Karl Pey mahsulot samaradorlikni oshirish vositasiga aylanishini aytdi. Shu bilan birga, qurilmaning oʻz ekrani boʻlmaydi va u odatiy ilova shaklida ishlamaydi.
Avvalroq Nothing sunʼiy intellekt funksiyalariga ega aqlli koʻzoynaklar hamda sunʼiy intellekt integratsiyasi oʻrnatilgan quloqchinlarni chiqarish rejalarini maʼlum qilgan edi. Biroq Pey yangi ishlanma albatta taqiladigan qurilmalar toifasiga kirishini anglatmadi.
Kompaniya gadjetning aniq chiqish sanasi va imkoniyatlari haqidagi tafsilotlarni hozircha eʼlon qilmagan. Yaqin vaqt ichida koʻproq maʼlumot paydo boʻlishi kutilmoqda.



