Oʻzbekistondagi oliygoh talabasi kurashchilar uchun aqlli murabbiy yaratdi
Smart Kurash loyihasi oddiy smartfon orqali kurash texnikasini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini beradi

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Nafisa Ravshanova «Smart Kurash — raqamli murabbiy» innovatsion tizimini taqdim etdi. Ishlanma sunʼiy intellekt algoritmlariga asoslangan boʻlib, yakkakurashlarda sportchilar harakatlarini batafsil tahlil qilish uchun moʻljallangan.
Loyiha negizida Nafisaning ilmiy ustozlari ishtirokida loyihalashtirilgan noyob biomexanik model yotadi. U mashgʻulot vaqtidayoq kurashchining texnikasini qayd etish va baholash imkonini beradi — buning uchun smartfon kamerasidan foydalanish yoki koʻchma datchiklarni ulash kifoya.
Tizim uloqtirishlar va kurash usullarining toʻgʻri bajarilish mexanikasidan ogʻishlarni darhol aniqlaydi, shundan soʻng sportchiga vizual indikatorlar yoki ovozli koʻrsatmalar shaklida tavsiyalar yuboradi. Bunday interaktiv yondashuv mashgʻulot jarayonining oʻzida aniq tuzatishlar kiritish imkonini beradi.


