RUUZEN
Avto

Tesla SpaceX raketa tezlatkichlariga ega, ucha oladigan Roadsterʼni taqdim etdi

Shuningdek, u 97 km/soat tezlikka 0,81 soniyada chiqadi

16-oktabr, 13:50По-русски
Tesla

Tesla yangilangan Roadsterʼni taqdim etdi va sakrashlar, havoda agʻdarilishlar hamda tik yuqoriga tezlanishlar aks etgan tomoshabop shou uyushtirdi.

Giperkar 97 km/soat tezlikka atigi 0,81 soniyada chiqadi. Uning dizaynida esa silliq chiziqlar oʻrnini Cybertruck va Lamborghini Reventon uslubidagi keskin, qoʻpol burchaklar egallagan.

Model elektron boshqaruv tizimi, faol spoyler, bosish kuchini oshiruvchi kuzov osti ventilyatorlari va SpaceXdan olingan oʻnta gazli tezlatkich bilan jihozlangan. Ikki dona 600 litrlik bakdagi siqilgan havo bilan ishlaydigan ushbu soplolar elektromobilga havoda manevr qilish imkonini beradi.

Seriyali ishlab chiqarish 2028-yilga rejalashtirilgan, biroq kompaniya yurish zaxirasi, quvvati va batareya sigʻimini hali maʼlum qilmagan.

Yana oʻqing