RUUZEN
IT

DOOM: The Dark Ages uchun «Qirgʻin» rejimi chiqariladi, id Software esa yangi oʻyin ustida ishlamoqda

Slaughter Mode rejimiga ega bepul yangilanish 16-noyabrda chiqadi, studiyaning navbatdagi oʻyiniga esa DOOMʼning soʻnggi qismlari rejissyori rahbarlik qiladi.

14-noyabr, 14:20По-русски

Read in English

id Software studiyasi «DOOM: The Dark Ages» shuter oʻyini uchun cheksiz «Qirgʻin» (Slaughter Mode) rejimining chiqish sanasini eʼlon qildi. Bepul yangilanish «Vahiylar» (Revelations) syujet qoʻshimchasiga ega oʻyinchilar uchun 16-noyabrdan ochiq boʻladi.

Yangi rejimda oʻyinchilar raqiblarning uzluksiz toʻlqinlarini qaytarib, turli arenalarda bosslarga qarshi jang qiladi. Qiyinchilik asta-sekin oshib boradi, nazorat nuqtalari esa toʻplangan mukofotlarni olish yoki barcha yutuqlarni yoʻqotish xavfi ostida sinovni davom ettirish imkonini beradi. Qoʻshimcha materiallar qatoridan Qiyomat Jallodi va qurollar uchun eksklyuziv koʻrinishlar, profil ikonkalari, IDKFA albomidagi musiqiy kompozitsiyalar hamda haftalik sinovlar oʻrin olgan.

Bundan tashqari, id Software navbatdagi oʻyin ishlab chiqilayotganini tasdiqladi. Loyihaga avval «DOOM» (2016), «DOOM Eternal» va «DOOM: The Dark Ages» ustida ishlagan Hyugo Martin rahbarlik qiladi. The Verge maʼlumotiga koʻra, gap DOOM franshizasining yangi qismi haqida bormoqda, biroq uni yaqin orada taqdim etish rejalashtirilmagan.