Netflix Aliks Erlning «Earle Meets World» realiti-serialini ikkinchi mavsumga uzaytirdi
Yangi sakkiz epizod bloger qizning hayoti, uning qarindoshlari va birinchi mavsum chiqqanidan keyingi voqealar haqida hikoya qiladi.

Netflix amerikalik inflyuenser Aliks Erl ishtirokidagi «Earle Meets World» realiti-shousini ikkinchi mavsumga uzaytirdi. Davomi sakkiz epizoddan iborat boʻladi va yana bloger qizning oʻzi, uning opa-singillari va akasi, ota-onasi hamda oilasining boshqa aʼzolari hayoti haqida hikoya qiladi.
Birinchi mavsumda Erl «Call Her Daddy» podkasti boshlovchisi Aleks Kuper bilan mojaro oqibatlari, NFL futbolchisi Brekston Berrios bilan ayrilgani haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, u qarindoshlari va doʻstlari bilan hayotiga oid hikoyalarni ham ulashdi.
Premyeradan keyingi dastlabki uch kun ichida shou 1,8 mln marta koʻrildi, ikkinchi haftada esa uning auditoriyasi 2,3 mln kishigacha oshdi. Netflix maʼlumotlariga koʻra, loyiha ijtimoiy tarmoqlarda platformaning eng mashhur ssenariysiz shousiga ham aylandi: u dunyo boʻylab 337,8 mln marta koʻrsatildi.
Aliks Erl loyihaning qaytayotganidan va hayotidagi yangi voqealarni auditoriya bilan boʻlishish imkoniyatidan xursand ekanini bildirdi. Ikkinchi mavsum premyerasi sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.



