Yangi Huawei Lucia smartfoni 50 megapikselli kamera va 6,8 dyuymli displeyga ega boʻladi
Qurilma 2027-yilning ikkinchi yarmida qora, oq, tillarang va binafsha ranglarda chiqarilishi mumkin
23-oktabr, 12:55По-русски

ixbt.com — Huawei
Insayder Digital Chat Stationʼning taʼkidlashicha, ichki kod nomi Lucia boʻlgan Huawei Pura 90 Plus smartfoni diagonali 6,8 dyuym va 1,5K aniqlikdagi ekranga ega boʻladi. Orqa panelning yuqori chap qismiga uchta kameradan iborat uchburchak blok oʻrnatiladi.
Asosiy kamera bir dyuymli RYYB sensori va oʻzgaruvchan fokus masofasi tizimiga ega 50 megapikselli modul boʻladi. Insayderning soʻzlariga koʻra, 2026-yilgi Huawei smartfonlari kameralari orasida bunday xususiyatlar uygʻunligiga faqat shu model ega boʻladi.
Protsessor, xotira, akkumulyator va boshqa kameralar haqidagi maʼlumotlar hozircha yoʻq.

