RUUZEN
Gadjetlar

GTA VI chiqishiga bir necha kun qolganida oldindan buyurtmalardan deyarli 1,5 mlrd dollar yigʻdi

Sensor Tower baholariga koʻra, PlayStation va Xbox foydalanuvchilari Rockstar Games kompaniyasining yangi oʻyiniga qariyb 15 mln ta oldindan buyurtma bergan.

17-noyabr, 16:57По-русски

Read in English

Grand Theft Auto VI uchun oldindan buyurtmalarning umumiy qiymati taxminan 1,45 mlrd dollarga yetdi. Asosiy ulush PlayStation egalari hissasiga toʻgʻri keladi: ular qiymati qariyb 1,08 mlrd dollar boʻlgan 11 mln donadan ortiq nusxani sotib olgan. Xbox foydalanuvchilari esa qiymati 360 mln dollardan oshadigan qariyb 3,8 mln ta buyurtma bergan.

Shu tariqa, oʻyinning kutilayotgan sotuvlarining katta qismi Sony konsollariga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, Rockstar Games hozircha oldindan buyurtmalar boʻyicha rasmiy statistikani eʼlon qilmagan.

GTA VI relizi 2026-yil 19-noyabrga rejalashtirilgan. Oʻyin PlayStation 5 va Xbox Series X/S platformalarida chiqadi.