RUUZEN
Oʻyinlar

Square Enix navbatma-navbat janglarga ega yangi mobil RPG — Dragon Questʼni eʼlon qildi

Dragon Quest RPG The Cursed Tree and The Chosen Isle oʻyini smartfonlarda 2027-yilda chiqadi. Yopiq beta-test 2026-yil 8-dekabrda boshlanadi.

12-noyabr, 13:34По-русски

Read in English

Yangi oʻyin ustida Another Eden va Heaven Burns Red loyihalari bilan tanilgan yapon studiyasi Wright Flyer Studios ishlamoqda. Loyiha seriyaning klassik formulasiga qaytadi: unda navbatma-navbat janglar, dunyoni tadqiq etish va qahramonlar jamoasini rivojlantirish boʻladi.

Syujetga koʻra, maʼbuda Belusha ularga daraxtning muqaddas shoxini ishonib topshirgach, oʻyinchilar Igxeyven aholi punktini qayta tiklashlari kerak boʻladi. Buning uchun ular maxluqlar bilan jang qiladi, atrofni tadqiq etadi, resurslar toʻplaydi, qurol-yarogʻ yasaydi va taom tayyorlaydi. Bosh qahramonga hamroh boʻladigan personajlar orasida Teodor va Etika ham boʻladi.

Dragon Quest yaratuvchisi Yuji Horii ishlab chiquvchilar franshizaning anʼanaviy muhitini saqlab qolishga intilayotganini aytdi. Bu muhit shaharlarni tadqiq etish, ittifoqchilar bilan tanishish va personajlarni bosqichma-bosqich kuchaytirishni oʻz ichiga oladi.

Yopiq beta-test 8–15-dekabr kunlari oʻtkaziladi. Square Enix tasodifiy tanlov orqali 25 ming nafargacha ishtirokchini saralab oladi. Arizani oʻyinning rasmiy saytida 23-noyabr kuni AQSh Sharqiy vaqti bilan soat 9:59 gacha topshirish mumkin.

Dragon Quest RPG The Cursed Tree and The Chosen Isle oʻyinining iOS va Android uchun relizi 2027-yilda kutilmoqda.