Team Spirit MOUZni tor-mor etib, BLAST Rivals 2026 Season 2 finaliga chiqdi
Rossiya jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va Gonkongda oʻtayotgan turnir chempionligi uchun kurashadi.

Team Spirit Counter-Strike 2 boʻyicha BLAST Rivals 2026 Season 2 turnirining ilk finalchisiga aylandi. Yarim finalda jamoa MOUZni ishonchli tarzda 2:0 hisobida magʻlub etdi. Mirage xaritasidagi uchrashuv 13:7, Ancient xaritasidagi bahs esa 13:11 hisobida yakunlandi.
Gʻoliblar safida eng yaxshi natijani belaruslik oʻyinchi Andrey tN1R Tatarinovich qayd etdi: u 37 ta kill amalga oshirib, uchrashuvni 1,47 reyting bilan yakunladi. Jamoa sardori Boris magixx Vorobyov 1,38, snayper Dmitriy sh1ro Sokolov esa 1,19 reyting oldi.
MOUZ tarkibida faqat Oldrjix PR Novy seriyani birdan yuqori — 1,13 reyting bilan yakunlay oldi. Lotan Spinx Giladi 0,65 koʻrsatkich bilan uchrashuv ishtirokchilari orasidagi eng yomon natijani qayd etdi.
15 noyabrda boʻlib oʻtadigan grand-finalda Team Spirit FURIA va Team Falcons qarama-qarshiligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi. MOUZ turnirdagi ishtirokini 3–4-oʻrinlarda yakunladi va 40 ming dollar mukofot puli oldi.



