FAA AQShdagi aviqatnovlarning keng koʻlamli izdan chiqishidan soʻng marshrutizatorlar oʻrnatilishini toʻxtatdi
Tarmoq uskunasidagi nosozlik sabab oʻn minglab aviareyslar mamlakat miqyosida parvozlarning toʻxtatilishidan taʼsirlandi.

AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) mamlakat boʻylab parvozlar oʻtgan juma kuni toʻxtab qolishiga olib kelgan keng koʻlamli texnik nosozlikdan soʻng yangi marshrutizatorlarni oʻrnatish ishlarini toʻxtatdi.
Hodisa oʻn minglab aviareyslarga taʼsir koʻrsatdi. Cheklovlar toʻrt soatdan koʻproq davom etdi. Shu vaqt mobaynida samolyotlarning aeroportlardan uchib ketishiga ruxsat berilmadi.
AQSh transport vaziri Shon Daffi yakshanba kuni hodisaga, taxminlarga koʻra, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish doirasida Arkanzas shtatining janubida oʻrnatilgan, haddan tashqari yuklangan marshrutizator sabab boʻlganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu uskuna havo harakatini boshqaruvchi dispetcherlarga radar va boshqa maʼlumotlarni uzatishni taʼminlaydigan tizimlar ishini buzgan boʻlishi mumkin.
Tizimni modernizatsiya qilish bilan L3Harris Technologies kompaniyasi shugʻullanadi. Endi FAA nosozlik sabablarini aniqlashga qadar marshrutizatorlarni oʻrnatishni toʻxtatmoqchi.
Ishlarning toʻxtatilishi AQShda aviqatnovlarga mamlakat miqyosida cheklov qoʻyilgan kamdan-kam holatlardan biriga javob boʻldi.



