RUUZEN
IT

GTA 6 25 yildan soʻng fransizaning bahsli jihatidan rasman voz kechmoqda

GTA 6’da fohishalarni yollab boʻlmaydi: Rockstar bu qarorni Jeyson va Lusiyaning hikoyasi bilan izohladi.

19-noyabr, 15:18По-русски

Read in English

polygon.com

Yangi oʻyinda yollanadigan NPCʼlar bilan intim uchrashuvlarga kirishish imkoniyati qaytmaydi. Bu mexanika Grand Theft Auto 3’da paydo boʻlgan va keyinchalik seriyaning eng taniqli jihatlaridan biriga aylangan.

Rockstar GTA 6’dagi barcha elementlar ogʻir vaziyatga tushib, taʼqibdan yashirinayotgan juftlik haqidagi hikoyaga boʻysundirilganini tushuntirdi. Shu bois oʻyinga avvalgi qismlardan faqat mualliflar gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydigan va oʻyin jarayonini kengaytiradigan tizimlar kiritilgan: qidiruv, radio, talonchiliklar va avtomobillarni olib qochish.

Ayrim jinsiy xizmat koʻrsatuvchilarni koʻchalardagi personajlar orasida nazariy jihatdan uchratish mumkin, biroq ularni yollab boʻlmaydi. Oldingi oʻyinlarda bu mexanika bir necha bor bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. Grand Theft Auto: San Andreasʼda unga qoʻshimcha mashhurlikni kompyuter versiyasi chiqqanidan keyin modderlar aniqlagan yashirin Hot Coffee mini-oʻyini olib kelgan.

Shu bilan birga, GTA 6’da striptiz klublari qoladi. Oʻyin 19 noyabr kuni PlayStation 5 va Xbox Series X uchun chiqadi.