RUUZEN
Avto

Honda mashhur modelini sport krossoverga aylantirdi

Honda Vezelʼning ikki versiyasini — faol dam olish uchun Trailsport va sportbop RSʼni taqdim etdi. Har ikkisi ham 1,5 litrli ichki yonuv dvigateli-generator hamda ikkita elektromotor bilan jihozlangan.

13-noyabr, 11:27По-русски

Read in English

omoimot.ru — ㅤ

Honda ilk bor Vezel’ni Trailsport versiyasida taqdim etdi. Krossover yangilangan radiator panjarasi, to‘q sariq hoshiyali tumanga qarshi chiroqlar va tom relinglariga ega bo‘ldi. Salonda suv va moyni qaytaruvchi qoplamaga ega matoli o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

RS versiyasi qizil kuzovi va qora elementlari, jumladan, g‘ildirak disklari hamda radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Osma tizim pastroq qilindi, salonda esa sport o‘rindiqlari va zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan pedallar paydo bo‘ldi.

Har ikkala versiya generator sifatida ishlaydigan 1,5 litrli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan. Harakat uchun umumiy quvvati 131 ot kuchigacha bo‘lgan ikkita elektromotor javob beradi, e’lon qilingan yoqilg‘i sarfi esa 3,95 litrni tashkil etadi.

Vezel RS Honda’ning S+ Shift tizimiga ega uchinchi modeliga aylandi. Tizim elektromotorlar va dvigatel sozlamalarini o‘zgartiradi, ularning javobini tezlashtiradi va gaz pedalini yanada sezgir qiladi. Funksiya yoqilganda dvigatel tovushi yanada to‘laqonli bo‘ladi.