YouTube Music sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontentni belgilay boshladi
Endi trek nomi ostida uning vokali yoki boshqa muhim tarkibiy qismlarini yaratishda sunʼiy intellektdan foydalanilgan-fdalanilmaganini koʻrsatuvchi belgi paydo boʻladi
Belgini bosganda trek yaratilishida sunʼiy intellekt aynan qanday ishtirok etgani haqida batafsil maʼlumot beruvchi menyu ochiladi. Bu foydalanuvchiga ijroni davom ettirishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida qay darajada ishlov berilganini baholash imkonini beradi.
Vaqt oʻtishi bilan shunga oʻxshash belgilash YouTube pleyerida ham mavjud boʻladi. Aytgancha, boshqa media platformalar ham sintez qilingan musiqaga nisbatan qoidalarni kuchaytirmoqda: masalan, Spotify mahorat bilan generatsiya qilingan ijodkorlarni belgilaydi, Deezer esa neyron tarmoqlar yaratgan kontentni saralab chiqarib tashlash uchun maxsus vositani ishga tushirmoqda.



