Firaxis yangi XCOM ustida ishlayotib, qariyb 60 xodimini boʻshatdi
Firaxis yangi XCOM oʻyini ustida ishlash chogʻida qariyb 60 xodimini — jamoaning taxminan uchdan birini — boʻshatdi. Studiya bunga sabab sifatida qayta tuzilishni koʻrsatdi.

Take-Two Interactive kompaniyasining studiyalaridan biri boʻlgan Firaxis shtatini qisqartirmoqda va eʼtiborini dizayn, texnologiyalar hamda oʻyinchilar taassurotlariga qaratishni rejalashtirmoqda. Kompaniya soʻnggi 30 yil davomida oʻzining asosiy kuchli tomoni deb hisoblab kelgan strategik oʻyinlar yaratishga qaytayotganini bildirdi.
Studiya Civilization va XCOM turkumlari bilan tanilgan. 2025-yilda u oʻyinchilardan aralash baholar olgan Civilization 7 oʻyinini chiqardi.
Xodimlar qisqartirilganiga qaramay, yangi XCOM hali ham ishlab chiqilmoqda. Bu haqda ismini oshkor qilmagan manbalar xabar berdi.



