RUUZEN
Gadjetlar

Galaxy S27 Ultra lazerli avtofokus va 3 karra teleobyektivdan ayrilishi mumkin

Ice Universeʼga koʻra, Samsung Galaxy S27 Ultraʼdan lazerli avtofokus modulini olib tashlaydi. Kutilishicha, smartfon 3 karra teleobyektivdan ham ayriladi.

25-noyabr, 09:56По-русски

Read in English

gsmarena.com

Yangi sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, Samsung Galaxy S27 Ultraʼda lazerli avtofokus modulidan voz kechadi. Bu modul 2021-yilda Galaxy S21 Ultra taqdim etilganidan beri Galaxy S Ultra flagmanlarida qoʻllanadi. Shu sababli uning olib tashlanishi ushbu turkumdagi ilk bunday oʻzgarish boʻladi.

Sizdirilgan maʼlumotga koʻra, kompaniya alohida modul oʻrniga sunʼiy intellektga asoslangan fokuslash texnologiyasidan foydalanishi mumkin. Bunday yechim maxsus sensor bilan solishtirganda qay darajada ishlashi hozircha nomaʼlum.

Galaxy S26 Ultra bilan taqqoslaganda, yangi model kutilishicha 3 karra kattalashtirishga ega teleobyektivdan ham ayriladi. Shu bilan birga, smartfonga 200 Mp asosiy kamera, 50 Mp ultra keng burchakli kamera va 5 karra kattalashtirishga ega 50 Mp teleobyektiv nisbat berilmoqda. Avval eʼlon qilingan kamera blokining renderida faqat shu uchta kamera va LED chaqnagich koʻrsatilgan — lazerli modul yoʻq. Galaxy S27 Ultra 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.