Motorola yangi flagmanida Google Geminiʼning sunʼiy intellekt funksiyalarini joriy etadi
Motorola Signature 27 Googleʼning toʻrtta sunʼiy intellekt funksiyasiga, jumladan vidjetlar yaratish va vazifalarni avtomatlashtirish imkoniyatlariga ega boʻladi.

Motorola kompaniyasi Google Geminiʼni qoʻllab-quvvatlashni Pixel smartfonlaridan tashqariga kengaytiradi. Yangi flagman Signature 27’da Create My Widget, Gboard Rambler, Sign-to-Text funksiyalari hamda vazifalarni avtomatlashtirish imkoniyati boʻladi.
Create My Widget foydalanuvchining matnli tavsifi asosida vidjetlar yaratish imkonini beradi. Gboard Rambler ovozli kiritishdagi parazit soʻzlarni olib tashlaydi va formatlashni qoʻshadi, Sign-to-Text esa Amerika imo-ishora tilini inglizcha matnga aylantiradi.
Geminiʼning avtomatlashtirish funksiyasi sunʼiy intellektga ilovalarda, jumladan Uber va DoorDashʼda amallarni bajarishni topshirish imkonini beradi. Shunga oʻxshash imkoniyatlar ayrim Pixel va Samsung Galaxy qurilmalarida allaqachon mavjud.
Motorola Signature 27 sotuvi 19 noyabrda boshlanadi. Smartfonning AQShdagi narxi 1599 dollarni tashkil etadi, oldindan buyurtma berish allaqachon boshlangan.



