RUUZEN
Gadjetlar

Apple iPhone kamerasi dasturiy taʼminotining bosh ishlab chiquvchisidan ayrildi

Oktyabr oxirida Appleʼdan «Kamera» va «Foto» yoʻnalishlari rahbari Jon Makkormak ketdi. U kompaniyada sakkiz yil ishlagan. Yangi vitse-prezident hali tayinlanmadi.

20-noyabr, 15:18По-русски

Read in English

Media Whale Stock / shutterstock.com

Makkormak «Kamera» va «Foto» ilovalari, shuningdek, foto va videoni suratga olish, koʻrish hamda tahrirlash texnologiyalari uchun masʼul edi. Uning vazifalari vaqtincha sobiq oʻrinbosarlari oʻrtasida taqsimlandi, ular boshqa rahbarga boʻysundirildi.

U dasturchilar ishini kameralar va chiplar uchun masʼul jamoalar bilan muvofiqlashtirgan. Makkormak loyihalari qatoriga iPhone 17’dagi yangilangan old kamera hamda iPhone 18 Proʻdagi dasturiy kamera funksiyalari, jumladan, professional boshqaruv elementlariga ega sozlanadigan interfeys kiradi.

Makkormak suratlarni yaratish va tahrirlashda generativ sunʼiy intellektdan foydalanishga qarshi edi. Uning fikricha, suratda haqiqatda sodir boʻlgan lahza aks etishi kerak. Biroq uning ketishi Apple bilan sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi borasidagi kelishmovchiliklar emas, nafaqaga chiqishi bilan bogʻliq.

Avval Makkormak Apple dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha katta vitse-prezident Kreyg Federigiga boʻysungan. Endi «Kamera» va «Foto» boʻlinmalariga Apple operatsion tizimlaridagi sunʼiy intellekt funksiyalarini integratsiya qilish uchun ham masʼul Sebastyen Marino-Mesu rahbarlik qilmoqda.