RUUZEN
Gadjetlar

Tarmoqda Huawei kompaniyasining yangi Osta O1 Pro smartfoni dizayni namoyish etildi

Qurilma keng formatli ekran va qoʻsh asosiy kameraga ega boʻladi.

17-noyabr, 12:21По-русски

Read in English

Huawei 20 noyabr kuni yangi Osta subbrendini taqdim etishga hozirlik koʻrmoqda. Ushbu qatorning dastlabki modellaridan biri Osta O1 Pro smartfoni boʻladi. Uning tashqi koʻrinishini Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmogʻida tarqalgan sizib chiqqan maʼlumot ochib berdi.

Eʼlon qilingan suratda qurilma Huawei Pura X View modeli yonida koʻrsatilgan. Yangi smartfon ikkita sensorli, gorizontal kapsula shaklidagi asosiy kamera blokiga ega. Dizayni iPhone Duoʻni eslatadi, suratga qaraganda, uning oʻlchamlari Pura X View modelinikiga yaqin.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Osta O1 Pro 6,39 dyuymli, 1,5K aniqlikka ega LTPS-displey bilan jihozlanadi. Ekran tomonlari nisbati 16:9,5 boʻladi. Shuningdek, smartfonga Kirin 9030S protsessori, 16 GB gacha tezkor xotira va 1 TB ichki xotira berilishi aytilmoqda.