Honor 2027-yil martida buklama izi yoʻq buklanuvchi smartfon chiqarishni rejalashtirmoqda
Honor bosh direktori Li Tszyan kompaniya ilk keng formatli buklanuvchi smartfonini 2027-yil martida taqdim etishini aytdi. Ichki ekranda buklama izi boʻlmaydi.

Honor 700 seriyasi taqdimotida Li Tszyan kompaniya yangi qurilmani 2027-yil martida taqdim etish rejasini maʼlum qildi va buklanuvchi displeylarni ishlab chiqishda erishilgan yutuqlar haqida gapirdi. U foydalanuvchilarga boʻlajak smartfonni Apple kompaniyasining kutilayotgan buklanuvchi iPhone Duo modeli bilan taqqoslashni taklif qildi.
Taxminlarga koʻra, qurilma Magic V7 deb ataladi. U 7,6 dyuymli ichki ekran, 5,5 dyuymli tashqi displey, 200 MP kamera, optik zumga ega periskop modul va 7000 mA·soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlanadi. Kutilayotgan narx — 10 000 yuan.
Apple, Huawei va Samsungning buklanuvchi modellarida buklama izi hanuz koʻrinadi, ammo uning sezilarlilik darajasi farq qiladi. Galaxy Z Fold 8’da u Flex Titanium konstruksiyasi tufayli kamroq bilinadi, biroq burchak ostida koʻrinadi va qoʻl bilan seziladi. Apple uni Nano-texture qoplamasi yordamida yashiradi, Huawei esa sharnirlar va displeylarni bosqichma-bosqich takomillashtirmoqda. Honorʼning amaldagi smartfonlarida ham buklama izi saqlanib qolgan, ammo Magic V6’da u kamroq bilinadigan boʻldi.



