RUUZEN
Sunʼiy intellekt

Tesla FIK 98,86% va 25 yillik kafolatga ega qattiq holatli transformatorni namoyish etdi

Kompaniya quyosh elektr stansiyalari va maʼlumotlar markazlari uchun Powercore qurilmasini taqdim etdi

18-noyabr, 11:37По-русски

Read in English

ixbt.com

Qurilmaning quvvati 7,4 MVtni tashkil etadi. U 10 dan 35 kVgacha kuchlanishdagi oʻzgaruvchan tok va 800 dan 2000 Vgacha kuchlanishdagi oʻzgarmas tok bilan ishlaydi. Powercoreʼning eʼlon qilingan maksimal FIKi 98,86 foizga yetadi, kafolat muddati esa 25 yilni tashkil etadi.

Tesla, shuningdek, tizim oʻzgarmas tokda ishlaydigan maʼlumotlar markazlari va quyosh qurilmalari uchun mos kelishini maʼlum qildi. Kompaniya bahosiga koʻra, texnologiya tashqi elektr tarmogʻiga bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar markazlarini yaratish imkonini beradi hamda 1500–2000 V oʻzgarmas tok kuchlanishidagi quyosh loyihalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Powercore AQShda ishlab chiqariladi.