RUUZEN
Sunʼiy intellekt

Apple Siriʼdagi AI funksiyalaridan foydalanishga kunlik limitlar joriy qiladi

Siri va Apple Intelligenceʼning ilgʻor imkoniyatlaridan tez-tez foydalanadiganlar iCloud Plus obunasi yordamida limitlarni oshirishlari mumkin boʻladi.

17-noyabr, 14:43По-русски

Read in English

Apple iOS 27.3, iPadOS 27.3 va macOS 27.3 ning beta versiyalarida Siri hamda Apple Intelligenceʼning ayrim funksiyalaridan foydalanishga kunlik cheklovlarni sinovdan oʻtkazmoqda. Limitlar Siriʼga beriladigan murakkab soʻrovlar, tasvirlarni yaratish va tahrirlash, Shortcutsʼdagi avtomatlashtirishlar hamda Appleʼning bulut modellari ishlatiladigan uchinchi tomon ilovalariga taalluqli boʻladi.

Foydalanish mumkin boʻlgan operatsiyalar soni vazifaga qarab oʻzgaradi. Kompaniya foydalanuvchilarni limitga yaqinlashgani va unga yetgani haqida ogohlantirishni rejalashtirmoqda. Siriʼning asosiy buyruqlari bepul va cheklovsiz qoladi.

Kunlik limitni iCloud Plus obunasi yordamida oshirish mumkin boʻladi: 200 GB, 2 TB, 6 TB va 12 TB hajmidagi tariflar mos ravishda ikki, besh, oʻn va yigirma baravar koʻp operatsiyani taqdim etadi. Oilaviy obuna ishtirokchilari uchun umumiy limit nazarda tutilgan.

Avvalroq Apple Logic Proʻga AIʼdan foydalanish paketlarini $49,99 evaziga qoʻshimcha sotib olish imkoniyatini qoʻshgan edi. Kutilishicha, shunga oʻxshash imkoniyat kompaniyaning boshqa ilovalarida ham paydo boʻladi.