Dota 2 yirik 7.42 patchini oldi
Valve Dota 2 uchun 7.42 yirik patchini taqdim etdi: qahramonlar daqiqasiga passiv 50 tajriba oladi, neytral buyumlar darajalari esa 5 tadan 4 taga tushdi.

Yangilanish matchning asosiy qoidalarini oʻzgartiradi: start hornidan keyin tajriba barcha qahramonlarga avtomatik beriladi. Ishlab chiquvchilar bazaviy sogʻliqni oshirdi, kuchdan olinadigan oʻsish hamda inshootlarni buzish va Roshanʼni oʻldirish mukofotlarini kamaytirdi. Passiv oltin daromadi endi oshmaydi.
Dota 2da qahramonlar va illyuziyalar hujumlari effektlariga taʼsir qiluvchi «Buyumlar samaradorligi» parametri paydo boʻldi. Kuryerlar, wardlar va bayroqlarga moʻrt sogʻliq segmentlari qoʻshildi: yaqin jang qahramonlari va Roshan ularga ikki hissa zarar yetkazadi. Juft portallar xarita chetlariga koʻchirildi, neytral kriplar esa «oʻz oʻrmoni»ga biriktirilib, yangi lagerlar bilan toʻldirildi.
Terzator 15-daqiqada paydo boʻladi va oʻlgach Greater Horn of Battle qoldiradi; bu buyum megakriplar toʻlqinlarini chaqiradi. Javelin, Helm of the Overlord va Khanda olib tashlandi. Yangi yigʻiladigan buyumlar: Bloodslinger, Caduceus, Ristulʼs Devotion, Sabatons of Mordiggian, Skypiercer va Starforge. Quarterstaff ham qaytdi.
Koʻplab qahramonlarning qobiliyatlari va Aghanimʼs Scepterʼi qayta ishlangan. Juggernaut Swiftslashʼdan ayrildi: endi Scepter unga Blade Fury paytida hujum qilish imkonini beradi. Meepo universal qahramonga aylandi va MegaMeepoʻdan foydalana olmaydi.



