Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Samsung kelasi yili Galaxy Z TriFold2’ni Galaxy Z Fold9 qatori bilan birga taqdim etishi mumkin. Sizib chiqqan maʼlumotlarga koʻra, u faqat Janubiy Koreya va AQShda chiqarilishi mumkin.
26-noyabr, 17:41По-русски

gsmarena.com
Taʼkidlanishicha, Samsung uch qismga buklanadigan smartfonining ikkinchi modelini tayyorlamoqda. Qurilmaning kod nomi Q9m; birinchi Galaxy Z TriFold esa Q7m indeksiga ega edi.
Yangi model avvalgisidan yupqaroq, yengilroq va mustahkamroq boʻlishi kutilmoqda. Shu bilan birga, uning avvalgi narxi saqlanib qolishi mumkin. Birinchi Galaxy Z TriFold cheklangan miqyosda chiqarilgan va taqdimotidan bir necha oy oʻtib ishlab chiqarishdan chiqarilgan.



