Pinterest endi ota-onalarga oʻsmirlar koʻradigan kontentni cheklash imkonini beradi
Pinterest ota-onalar nazoratini kengaytirdi: endi ota-onalar oʻsmirlar lentasida sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontent hajmini cheklashi mumkin. Yangi sozlamalar videolarning avtomatik ijro etilishi va bildirishnomalarni ham boshqaradi.

Yangi funksiya Pinterestʼni ota-onalar farzandining umumiy lentasida sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan kontent koʻrsatilishini tartibga sola oladigan ilk yirik ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylantiradi. Avval platformalar asosan oʻsmirlarning alohida AI vositalaridan foydalanishini cheklagan, tavsiyalarga tushadigan materiallarni emas.
Pinterestʼda videolarning avtomatik ijro etilishini oʻchirish, shuningdek push-, brauzer, ilova ichidagi va email bildirishnomalarini sozlash ham mumkin. Ota-onalar nazorati sahifasi yangilandi: unda kerakli parametrlarni, jumladan, shaxsiylashtirilgan reklama sozlamalarini topish osonlashdi.
Pinterest AI yordamida oʻzgartirilgan kontentga cheklovlarni 2025-yildayoq joriy qilgan, biroq bunday material ushbu sozlamalar yoqilgan boʻlsa ham foydalanuvchilar lentalarida paydo boʻlishi mumkin. Aprel oyida Fairplay YouTube va Google rahbarlariga xat yoʻllab, AI-kontentni YouTube Kidsʼdan olib tashlashni va 18 yoshdan kichik foydalanuvchilarga bunday videolarni tavsiya qilmaslikni talab qildi.



