Colorful iPhone 18 Proʻni qoʻllab-quvvatlaydigan, 100 Vt quvvatli va 54 Vtgacha quvvat bera oladigan zaryadlash qurilmasini taqdim etdi
Colorful uchta portga ega, PD 3.2, PPS, UFCS va QC kabi bir nechta tezkor quvvatlash standartlarini qoʻllab-quvvatlaydigan iGame Sigil S103 adapterini chiqardi.

Yangi qurilmaning asosiy jihati — kuchlanishni 9 dan 20 V gacha boʻlgan oraliqda sozlash imkonini beruvchi AVS texnologiyasi. Ishlab chiqaruvchining maʼlumotlariga koʻra, shu tufayli iPhone 18 Pro 54 Vtgacha boʻlgan eng yuqori quvvatda quvvatlanishi mumkin.
Adapterda alohida ishlatilganda har biri 100 Vtgacha quvvat bera oladigan ikkita USB-C ulagichi va 33 Vtga moʻljallangan bitta USB-A porti mavjud. Bir vaqtning oʻzida bir nechta qurilma ulanganda, zaryadlash qurilmasi mavjud quvvatni ular oʻrtasida avtomatik taqsimlaydi.
iGame Sigil S103 Southchip kontrolleriga ega GaN arxitekturasi asosida ishlaydi. Qurilma 100–240 V kirish kuchlanishini qoʻllab-quvvatlaydi, ogʻirligi 196 g va sakkiz darajali himoyaga ega. Ular orasida qizib ketish, qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish va ortiqcha yuklanishdan himoya ham bor. Nosozlik bartaraf etilgach, zaryadlash avtomatik ravishda qayta boshlanadi.



