Doogee 6500 mA·soat batareyali Note 70 xususiyatlarini ochiqladi
Doogee Note 70 xususiyatlarini ochiqladi: smartfon 6,71 dyuymli asosiy ekran va orqa panelda qoʻshimcha displeyga ega boʻladi. Narx va chiqish sanasi nomaʼlum.

Qurilmaning old tomoniga diagonali 6,71 dyuymli, orqa tomoniga esa 1,8 dyuymli kichik ekran oʻrnatiladi. Vertikal joylashtirilgan modullardan iborat kamera bloki Samsung flagmanlari dizaynini, kvadrat displey esa Xiaomi konsepsiyasini eslatadi. Smartfon toʻq binafsha va kumushrang korpuslarda namoyish etildi.
Note 70 Unisoc T7250 bir kristalli tizimi bilan ishlaydi. Uning jihozlanishiga 13 Mpli asosiy kamera va Android 17 ham kiradi. Ishlab chiqaruvchi xotiraning uchta konfiguratsiyasini taklif qiladi. Akkumulyator sigʻimi 6500 mA·soatni tashkil etadi.
Doogee model narxi va chiqish sanasini hali maʼlum qilmadi. Shuningdek, har ikki ekran matritsasining turi, aniqligi va yangilanish chastotasi ham oshkor etilmadi.



