Nothing Phone yaratuvchilarining yangi qurilmasi toʻliq koʻrsatildi
Nothingʻning ixcham AI qurilmasi suratini DJ Sebastian Ingrosso eʼlon qildi. Ekransiz gadjetni 2026-yil dekabrida yetkazib berish boshlanishi mumkin.

Swedish House Mafia ishtirokchisi va DJ Sebastian Ingrosso eʼlon qilgan suratda Nothing akkaunti belgilangan. Insayder Yogesh Brar suratda kompaniya ishlab chiqayotgan qurilma aks etganini tasdiqladi.
Gadjet choʻntakda olib yurish yoki stol ustida qoldirish mumkin boʻlgan kichik toʻgʻri toʻrtburchak korpusga ega. Suratga qaraganda, unda displey yoʻq. Yon panelda qizil va yashil indikatorlar, yozib olish tugmasi hamda katta Talk tugmasi koʻrinadi. Pastki qismida aksessuarlar uchun moʻljallangani taxmin qilinayotgan kontaktli ulagich joylashgan.
Nothing hozircha qurilmaning texnik xususiyatlari va narxini oshkor qilmadi. U ovozli buyruqlar bilan ishlashi, suhbatlarni yozib olishi, qaydlar yaratishi va, ehtimol, real vaqt rejimida tarjimani qoʻllab-quvvatlashi kutilmoqda. Kompaniya rahbari Carl Pei avvalroq yangi qurilma imkoniyatlarini oddiy ilovada amalga oshirib boʻlmasligini aytgan va displey yoʻqligini taʼkidlagan. Yetkazib berish 2026-yil dekabrida boshlanishi kutilmoqda; qurilma smartfon oʻrnini bosuvchi emas, AI bilan ishlash vositasi sifatida taqdim etilmoqda.



