RUUZEN
Gadjetlar

Oppo Find X11 Pro Max atigi 0,3 mm qalinlikdagi ekran romlariga ega boʻlishi mumkin

Insayder Digital Chat Station maʼlumotlariga koʻra, Oppoʻning boʻlajak flagmani toʻrt tomoni egilgan himoya oynasiga ega, deyarli romsiz ekran bilan jihozlanadi.

17-noyabr, 15:41По-русски

Read in English

Uning maʼlumotlariga koʻra, displey chetlarida komponentlar maksimal darajada ixcham joylashtirilgan tekis panelga ega boʻladi. Romlarning koʻrinadigan qalinligi taxminan 0,3 mm ni tashkil etadi. Insayderning taʼkidlashicha, bu texnologiya yubiley iPhoneʼda kutilayotgan Apple yechimlari bilan taqqoslanadigan boʻladi.

Yangilik qimmatga tushishi mumkin, shu sababli undan faqat flagmanlar qatorining eng ilgʻor modellarida foydalanish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, manbaga koʻra, OnePlus anʼanaviy tekis ekranli smartfonlarni chiqarishda davom etadi.

Avvalroq Find X11 Pro Max bekor qilingan Find X10 Ultra modelidagi ishlanmalarni, jumladan, 2K aniqlikka ega 6,89 dyuymli BOE displeyi, 200 MP asosiy kamerasi va 100 MP old kamerasini oʻzlashtirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Taqqoslash uchun, amaldagi Find X10 Pro Max romlarining qalinligi 1,15 mm, standart Find X10 modeliniki esa 0,99 mm. Yangi avlod chiqishigacha hali bir necha oy bor, shuning uchun qurilma xususiyatlari oʻzgarishi mumkin.