RUUZEN
Oʻyinlar

Aftidan, Half-Life jamoasi yana bir maxfiy oʻyin ishlab chiqarmoqda

Loyiha kod nomi GameSoundCon konferensiyasida tilga olindi, biroq studiya hozircha rasmiy eʼlon bermagan

23-oktabr, 15:07По-русски
3dnews.ru — Valve

Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, Half-Life: Alyx jamoasi hlx loyihasini kamida 2021 yildan beri ishlab chiqmoqda. Loyiha simulyatsiya, sunʼiy intellekt va interaktivlikka urgʻu berilgan yakka oʻyinchili shooter sifatida ishlab chiqilmoqda; seriyada unga Half-Life 3 oʻrni ajratilgan.

Valve kompaniyasining musiqiy dizayneri Mayk Moraski HDR va ovozni optimallashtirish haqida gapirar ekan, kod nomini tilga oldi: «Deadlockʼning oʻz HDR versiyasi bor, hlxʼning ham oʻz versiyasi bor va hokazo».

Uning yonida oʻtirgan Valve ovoz dizayneri Devid Fayz hamkasbini hlx haqida atigi bir marta gapirgani uchun hazil tariqasida maqtadi. Datamaynchilar aniqlagan maʼlumotlarga koʻra, oʻyin allaqachon ishlab chiqishning juda kech bosqichida.

Yana oʻqing