Nintendo uchun boshidan oxirigacha oʻynashga arziydigan eng yaxshi 10 ta oʻyin
1987–1993-yillardagi oʻyinlar, jumladan Super Mario Bros. 3, DuckTales va Mike Tysonʼs Punch-Out!!

Polygon nashri tuzgan reyting Ninja Gaiden, Castlevania 3: Draculaʼs Curse va The Legend of Zelda oʻyinlaridan boshlanadi. Mualliflar bu oʻyinlarda yuqori murakkablik, turli yoʻnalishlar va zindonlardan oʻyinchiga qulay tartibda oʻtish imkoniyatini qayd etadi.
Dragon Warrior 4 keng koʻlamli dunyosi va syujetining noodatiy tuzilishi bilan ajralib turadi, Kirbyʼs Adventure esa Dream Landʼni tadqiq qilish hamda raqiblarning qobiliyatlari bilan eʼtiborni tortadi.
Contra qisqa oʻyin jarayoni va uni yolgʻiz yoki doʻst bilan oʻynash imkoniyati tufayli roʻyxatga kiritilgan, Mega Man 2 esa ixchamligi va qayta oʻynalganda ham yuqori qiymatini saqlab qolishi bilan ajralib turadi.
Mike Tysonʼs Punch-Out!! oʻziga xos hujumlarga ega, yodda qoladigan raqiblarni taklif qiladi, DuckTales esa asosiy bosqichlardan oʻtish tartibini tanlash imkonini beradi. Soʻnggi oʻyindagi manzillar qatoriga Amazonka, Himolay va Oy kiradi; uning original versiyasi konsollar va PK uchun The Disney Afternoon Collection tarkibida ham mavjud.
Reytingda birinchi oʻrinni Super Mario Bros. 3 egalladi: oʻyinda sakkizta dunyo, maxfiy uylar, koʻchib oʻtish uchun hushtaklar va uchar kemalar bor. Mualliflar bu sarguzashtni birinchi marta oʻynash uchun ham, yillar oʻtib unga qaytish uchun ham birdek jozibali deb hisoblaydi.

