Toby Fox Deltaruneʼning yakuniy boblarini ishlab chiqishdagi jarayon haqida gapirdi
Deltaruneʼni ishlab chiqish davom etmoqda: oltinchi bobni boshidan oxirigacha oʻynab chiqish mumkin, oʻyinning yakuniy qismi ustidagi ishlar esa asta-sekin jadallashmoqda. Chapter 6 2027-yilda chiqishi kutilmoqda.

Toby Fox 2026-yilgi kuzgi xabarnomasida oltinchi bob tuzilmasi yakunlanganini maʼlum qildi. Shunga qaramay, dastlabki testlar va lokalizatsiya boshlanishidan oldin ayrim sahnalar hamda tafsilotlarni hali takomillashtirish kerak. Ishlab chiquvchining soʻzlariga koʻra, bob avvalgilaridan qisqaroq boʻladi, biroq jamoa shoshilmayapti va sifatga eʼtibor qaratmoqda.
Deltaruneʼning beshinchi bobi iyun oyida chiqdi. Jamoaning bir qismi Chapter 6’ni tayyorlash bilan shugʻullanayotgan bir paytda, boshqa ishlab chiquvchilar allaqachon yakuniy, yettinchi bob ustidagi ishga oʻtmoqda. Fox yakuniy qismning asosiy voqealari va dialoglarini hamkasblari bilan boʻlishdi, biroq syujetdagi muhim lahzani ataylab ochiqlamadi — shu tariqa jamoa aʼzolari uchun ham intrigani saqlab qoldi.
Ishlab chiquvchi Deltarune ustida ishlash davomida katta tajriba orttirganini va endi oʻyin yaratish jarayonida oʻzini ancha ishonchliroq his qilayotganini aytdi. Shuningdek, u Undertaleʼdan farqli oʻlaroq, Deltaruneʼda bir nechta muqobil yakunlar boʻlmasligini tasdiqladi.



