Gemini endi Google Messages, iMessage va emailda xabar qabul qiladi
Gemini endi Google Messages, iMessage va email orqali ishlaydi: foydalanuvchilar ilovadan tashqarida vazifa berib, yangilanishlar olishi mumkin. Avvaliga funksiya AQShda ishlaydi.

Yangi aloqa usullarini Channels sahifasida ulash mumkin. Ular Gemini ilovasini ochmasdan, yordamchiga odatdagi usulda murojaat qilish imkonini beradi. Matnli rejimdan foydalanish uchun telefon raqamini tasdiqlash kerak: Google Accountʼga bogʻlangan raqamlar avtomatik chiqadi, yangi raqamni esa qoʻlda qoʻshish mumkin.
Text with Gemini Google Messages va iMessage orqali ishlaydi. Sozlagandan soʻng foydalanuvchi RCS Business Messaging orqali Geminiʼdan xabar oladi va oddiy chatdan foydalanishi mumkin. Google bu usul uchdan uchgacha shifrlanmaganini, mobil operator unga kirishi mumkinligini ogohlantiradi. Rejim Geminiʼning Google Messagesʼdagi avvalgi integratsiyasi bilan parallel ishlaydi — uni eski koʻk yoki binafsha ikonkasidan ajratish mumkin.
Email orqali muloqot qilish uchun xatlarni gemini@google.com manziliga yuborish kerak: shu yoʻl bilan vazifalarni ishga tushirish va yangilanishlar olish mumkin. Channels sahifasida telefon raqamlarini boshqarish va ikkala usulni oʻchirish ham mumkin. Dastlab bu funksiyalar Gemini Spark uchun rejalashtirilgan edi, ammo xizmat asosiy Gemini bilan integratsiya qilingach, ular «vazifalar» boʻlimining bir qismiga aylandi.



