RUUZEN
Internet

LinkedIn profilga qayta-qayta kiruvchilarni koʻrsatadigan funksiyani sinovdan oʻtkazmoqda

LinkedIn Premium foydalanuvchilari oʻz profilini kimlar bir necha bor koʻrganini bilib olishlari mumkin boʻladi. Platforma hozir Frequent Viewer funksiyasini sinovdan oʻtkazmoqda.

12-noyabr, 11:58По-русски

Read in English

Bu oʻzgarish haqida Unignorable Brands kreativ agentligi asoschisi Krista Mollion maʼlum qildi. U profil koʻrishlar statistikasi boʻlimida yangi belgi paydo boʻlganini payqagan. Ayrim tashrif buyuruvchilar endi Frequent Viewer («Tez-tez tashrif buyuruvchi») deb belgilanmoqda.

LinkedIn avval ham profil koʻrishlarini kuzatish imkonini bergan, Premium obunachilari esa kengaytirilgan statistikadan, jumladan, soʻnggi bir yil davomida profilga tashrif buyurganlar roʻyxatidan foydalanishlari mumkin edi. Yangi funksiya sahifaga bir necha marta qaytib kiradigan odamlarni alohida koʻrsatadi. Kompaniya sinov oʻtkazilayotganini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Mollion bu maʼlumotdan potensial biznes hamkorlari va mijozlarni izlash uchun foydalanadi. U tez-tez tashrif buyuruvchilarning ismlarini Claude sunʼiy intellekti yordamida tahlil qilib, potensial hamkorlarni biror narsa sotishga urinayotgan odamlardan ajratadi.

Bu funksiya sahifasini istalmagan kishi kuzatayotganini aniqlamoqchi boʻlganlarga ham foydali boʻlishi mumkin. LinkedIn maxfiylik sozlamalarini ham eslatadi: foydalanuvchilar boshqalarning profillarini ochiq, qisman yopiq yoki toʻliq maxfiy rejimda koʻrishlari mumkin.

Boshqa sahifalarga tashrif buyurganda ismingizni yashirish uchun maxfiylik sozlamalarini ochib, Visibility boʻlimiga oʻtish va Profile viewing options bandini tanlab, Private mode rejimini yoqish kerak.