Yangi GeForce drayveri qora ekranlarga sabab boʻlmoqda
GeForce Game Ready 621.40 oʻrnatilganidan soʻng RTX 50 egalari qora ekranlar, signal yoʻqolishi va tashqi monitorlar bilan bogʻliq nosozliklar haqida xabar bermoqda. Yangilanish SSDʼga maʼlumot yozish bilan bogʻliq muammoni tuzatishi kerak edi.

Nosozliklar DisplayPort, HDMI va USB-C ulanishlariga taalluqli. Ayrim foydalanuvchilarda monitor ulanganda aniqlanmaydi yoki uyqu rejimidan chiqmaydi. RTX 50 egalaridan biri tashqi ekran taxminan holatlarning yarmidagina paydo boʻlishini aytdi — tasvirni tiklash uchun kabelni qayta ulash yoki kompyuterni qayta ishga tushirishga toʻgʻri keladi.
Muammolar bir nechta monitor ulangan tizimlarda ham yuzaga kelmoqda. DisplayPort — HDMI adapterlari orqali ulangan qoʻshimcha ekranlarda foydalanuvchilar rangli artefaktlarning qisqa chaqnashlarini kuzatmoqda. Ular videokarta bekor turish rejimida videoxotira chastotasini pasaytirganda paydo boʻladi. Shunga oʻxshash, ammo kamroq uchraydigan nosozliklar 621.14 va 621.24 drayverlarida ham qayd etilgan.
Foydalanuvchilar 621.40 versiyasidan foydalanmaslikni va GeForce Game Ready 617.42 ni oʻrnatishni tavsiya qilmoqda. Nashr mualliflari uni SSD va qora ekranlar bilan bogʻliq muammolar nuqtayi nazaridan RTX 40 va RTX 50 uchun eng barqaror versiya deb hisoblaydi. Drayverni oʻchirish uchun Windowsʼni xavfsiz rejimda ishga tushirib, Display Driver Uninstaller dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.



