GTA VI bir sutkada qariyb $2,36 mlrd ishlab, savdo rekordini oʻrnatdi
Sensor Tower bahosiga koʻra, GTA VI ilk sutkada 24,58 mln nusxada sotilib, qariyb $2,36 mlrd daromad keltirdi — bu oʻyin bozoridagi yangi rekorddir.

Amerika vaqti bilan 19 noyabr oqshomiga kelib, GTA VI savdosi butun dunyo boʻyicha 24,58 mln nusxaga yetdi. Taqqoslash uchun, GTA V 2013-yilda chiqarilganidan keyingi dastlabki 24 soat ichida 11,2 mln nusxada sotilib, $800 mln daromad keltirgan.
Natijaga standart nashrning yuqoriroq narxi ham taʼsir koʻrsatdi: AQShda GTA VI $80 dan sotilmoqda, GTA V esa chiqarilgan paytda $60 turgan. PlayStation platformasiga qariyb 18,44 mln nusxa, yaʼni savdolarning 75 foizi toʻgʻri kelgan va bu $1,77 mlrd daromad keltirgan. Xbox Series X|S versiyasi esa yana 6,15 mln nusxada sotilib, qariyb $588 mln daromad keltirdi.
GTA VI 13 yil ichida asosiy seriyaning ilk toʻlaqonli davomi boʻldi. Avvalroq uning ishlab chiqish budjeti $2 mlrddan oshgani xabar qilingan edi.



