RUUZEN
Internet

Paradium.AI media kompaniyasi sunʼiy intellektni faol joriy etishiga qaramay, 3,6 mln dollar zarar koʻrdi

Kompaniya sunʼiy intellekt yordamida nashrlar hajmini oshirdi, biroq trafik va reklama daromadlarining pasayishiga duch keldi.

11-noyabr, 19:29По-русски

Read in English

Avval The Arena Group nomi bilan tanilgan Paradium.AI media kompaniyasi 2026-yilning uchinchi choragi yakunlariga koʻra, 3,6 mln dollar zarar koʻrganini maʼlum qildi. Oʻtgan yilning shu davrida kompaniya 6,9 mln dollar sof foyda olgan, uning tushumi esa hozirgi koʻrsatkichdan qariyb 30 foiz yuqori boʻlgan.

Avgust oyida kompaniya rebrending oʻtkazib, ommaviy AI kompaniyasi modeliga oʻtishini eʼlon qildi. Ushbu strategiya doirasida u InfoSentience ishlab chiquvchisini sotib oldi va videolarni tahrirlash hamda tarqatish uchun Cutter Studios vositasini ishga tushirdi.

Paradium.AI maʼlumotlariga koʻra, yangi texnologiyalar tufayli chop etilayotgan maqolalar hajmi ikkinchi chorakka nisbatan 15 foizga oshgan. Biroq Google Discover va boshqa manbalardan keladigan oʻtishlar qisqargani sababli kompaniya auditoriyasini yoʻqotishda davom etmoqda. Bu esa reklama daromadlariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Bosh direktor Pol Edmondson kompaniya sunʼiy intellektga investitsiyalarni davom ettirishini aytdi. Keyingi rejalar qatorida kontent boshqaruvini avtomatlashtirish uchun Tablation tizimini ishga tushirish ham bor.

Avvalroq The Arena Group Sports Illustrated saytida sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan materiallarni toʻqima mualliflar nomidan eʼlon qilgani sababli mojaro markazida qolgan edi.