Webb teleskopi oʻta yangi yulduz qoldigʻining yangi tafsilotlarini koʻrsatdi
James Webb teleskopi 2026-yil 23-noyabrda eʼlon qilingan suratda Kassiopeya A oʻta yangi yulduzi qoldigʻidagi issiq changni aks ettirdi. Maʼlumotlar portlashdan sal oldin yulduz ichida ehtimoliy oʻzgarishlar yuz berganini koʻrsatmoqda.
26-noyabr, 11:35По-русски

nasa.gov
Oʻrta infraqizil diapazonda olingan suratda Kassiopeya A deb ham ataladigan massiv yulduz qoldigʻi koʻrinadi. Bunday gaz va chang bulutlari yulduz portlaganidan keyin hosil boʻladi va vaqt oʻtishi bilan yangi yulduzlar hamda sayyoralar uchun material manbaiga aylanishi mumkin.
Webb maʼlumotlari yulduzning ichki tuzilishi keskin oʻzgargan boʻlishi mumkinligi haqidagi ssenariyni qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu oʻzgarish yulduz halok boʻlishidan atigi bir necha soat oldin yuz bergan boʻlishi ehtimol qilinmoqda.



