RUUZEN
Sunʼiy intellekt

Cognition virtual dasturchilar jamoalarini boshqaradigan sunʼiy intellekt agentlari — Devin Botsʼni taqdim etdi

Yangi vosita vazifalarni sunʼiy intellekt dasturchilari oʻrtasida taqsimlashi va murakkab loyihalarni bir necha hafta davomida mustaqil yuritishi mumkin.

19-noyabr, 12:43По-русски

Read in English

devin.ai

Qiymati $48 mlrdga baholangan Cognition kompaniyasi dasturiy taʼminot ishlab chiqishni avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellekt agentlari tizimi — Devin Botsʼni taqdim etdi. Yangi vosita virtual dasturchilar jamoasi rahbari vazifasini bajaradi: vazifalarni Devin agentlari oʻrtasida taqsimlaydi va loyiha bajarilishini nazorat qiladi.

Masalan, foydalanuvchi tizimga iPhone uchun moʻljallangan ilovaning Android versiyasini yaratishni topshirishi mumkin. Devin Bot ishni mustaqil tashkil etadi va iOS versiyasidagi oʻzgarishlar asosida Android ilovasini yangilab boradi.

Bot, shuningdek, Slackʼdagi ishchi kanallarga qoʻshilishi, bir necha hafta davomida kontekstni eslab qolishi va qoʻshimcha maʼlumot yoki qaror kerak boʻlsa, xodimlarga murojaat qilishi mumkin. Bir nechta mutaxassis bitta agent bilan, jumladan iMessage orqali ham, hamkorlik qilishi mumkin.

Devin Bots rejalashtirish, loyihalash va kod yozish uchun mos yechimlarni tanlab, turli ishlab chiquvchilarning modellaridan foydalanadi. Cognition, shuningdek, dasturlash va kodni tekshirish uchun oʻz modellarini oʻqitmoqda va bu orqali foydalanuvchilar xarajatlarini kamaytirishga intilmoqda.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, erta kirish huquqiga ega boʻlgan bir necha oʻnlab mijoz orasida Botsʼdan foydalanishlar soni ikki hafta ichida oʻn baravar oshdi. Ular qatorida Decagon, Fireworks AI va Reducto ham bor.

Sentabr oyida Cognition kompaniyasi joriy surʼatlar asosida hisoblangan yillik daromadi $1 mlrddan oshganini maʼlum qilgan edi. Shu bilan birga, kompaniya OpenAI va Anthropic bilan raqobat sharoitida Devinʼni rivojlantirishda davom etmoqda. Bu kompaniyalar ham dasturlash uchun sunʼiy intellekt vositalarini faol yaratmoqda.