RUUZEN
Avto

Tesla elektromobillari kelasi yili katta yangilanish olishi mumkin

Tesla bosh direktori Ilon Mask oʻrnatilgan Starlink kelasi yil oxirigacha Xitoydan tashqari barcha modellarda paydo boʻlishi mumkinligini aytdi. U funksiyani haydovchi nazoratisiz boshqaruv bilan bogʻladi.

24-noyabr, 16:31По-русски

Read in English

electrek.ru

Mask funksiya kelasi yil oxirlariga yaqin ishga tushishiga umid qilayotganini yozdi. Biroq postda uning Teslaʼning barcha modellarida paydo boʻlish muddati 2027-yil oxiri sifatida koʻrsatilgan. Bosh direktorning soʻzlariga koʻra, sunʼiy yoʻldosh aloqasi yoʻlovchilarga ish va koʻngilochar mashgʻulotlar uchun yuqori oʻtkazuvchanlikdagi internetni taqdim etishi, shuningdek, haydovchi nazoratisiz boshqaruvni qoʻllab-quvvatlashi kerak.

Tesla allaqachon oʻrnatilgan Starlink antennasi uchun patent topshirgan. Cybercab robotaksisida antenna paneli tomga joylashtirilgan. Shu sababli tizimni mavjud modellarga oʻrnatish uchun tom konstruksiyasini oʻzgartirish yoki tashqi qoʻshimcha panel oʻrnatish talab qilinishi mumkin.

Hozir Cybercab yoʻlovchilari Starlinkʼga ulana olmaydi. Teslaʼning sunʼiy intellekt yoʻnalishi rahbari Ashok Elluswamy robotaksida aloqa parki boshqarish, navigatsiya va mijozlarga xizmat koʻrsatish uchun ishlatilishini maʼlum qildi. Kompaniya Starlinkʼni qolgan avtomobillarga integratsiya qilishning aniq usulini oshkor etmadi.